n.suyunova_01

n.suyunova_01 Contact information, map and directions, contact form, opening hours, services, ratings, photos, videos and announcements from n.suyunova_01, Clothing (Brand), Tashkent.

“ Yashamoq “                                                          Yuy HuaKòz yoshlarga rosatan ham ğarq qiladimi?   ...
17/02/2025

“ Yashamoq “
Yuy Hua

Kòz yoshlarga rosatan ham ğarq qiladimi?

Deb sòrashsa HA deb javob beraman .

📖 Asar nima haqida ?
-Asar bir insoning hayoti haqida yozilgan ! Umri davomida biz tasavvur ham qilolmagan mashshaqatlarni boshidan kechirgani haqida òqib siz ham birga eziladigan asr ekan😢.

📖 Asarning boshida Fuguining qilgan qilmishlarini kòrib hech ham yiğlab bu odam uchun siqilmasam kerak deb òylagandim , lekin afsuski bunday bòlmadi.

📖 Fugui farzandlari ya’ni oilasi bilan bu hayotda yetarlicha sinalgan ekan , va bunday mashaqqatni Alloh hech kimga ravo koʻrmasin.🤲🏻

📖 Hamma uchun atalgan asar ekan Yosh-u ,qari , erkak - ayol hamma òqishi kerak bòlgan kitob deb òylayman!

Kitobdan ham anchagina tarbiyaviy bilim olish mumkun. Kitobni oʻqib borimizga Shukur qilishimiz kerak ekanligiga amin boʻldim.

🛑 Meni hayratlantirgani òsha zamonda odamlarning hech qanday qadir qimmati bòlmagani !

Bu asar qahramonlari haqida ma’ lumot berishni hohlamdim maslahatim òqib kòring!

“Uchdan keyin kech”                Masaru IbukaBugalgi kitobimiz Kariya adabiyotidan boʻldi ! Onajonlarim kutgan kitob d...
19/09/2024

“Uchdan keyin kech”
Masaru Ibuka

Bugalgi kitobimiz Kariya adabiyotidan boʻldi !
Onajonlarim kutgan kitob desam adashmeman.

💫 Bolani erta ta’limga jalb qilish , kelajakda bola talimga nisbatan erinchoq boʻlib qoladigan fikrlarga kerakli javob olasiz aynan shu kitob orqali!

💫Men muallifning fikrlariga qoʻshilaman ta’lim qancha erta boshlasa shuncha bola uchun foydali boʻladi .

💫 Bu kitobda men erta talimning foydali taraflarini oʻrganish bilan bir qatordan sport va sanatning foydasini tushundim !

💫 Bolaga biror tilmi yoki mashgʻulotmi oʻrgatmoqchi boʻlsangiz erta ya’ni 3 yoshgacha oʻrgatish boshlansa bola qiynalmasdan oʻrgana boshlaydi. 3 yoshdan soʻng bolada erinchoqlik oʻz fikrlash qobilyati shakilangan siz uni majburlab oʻrgatishiz yomon sabablarga olib kelishi mumkun!

💫Sportda ham ota -onaning oʻrni katta bolani 3 yoshga doimiy kundalik badan tarbiya bilan shugʻullantirilsa bola qomati chiroyli boʻlib voyaga yetadi .

💫3 yoshgacha biror mashgʻulotni boshlagan va 4-5 yoshda boshlagan bolalarning farqida 1-3 yoshda boshlagan bolalar yaxshiroq oʻzlashtirar ekan!

💫 Muallif ota onalarga shunday murojat bilan chiqgan bolamni erta tarbiya berishga vaqtim , pulim yuq deb aytadigan onalar uchun —— Bunga vaqt va pul kerak emas faqat etibor kerak ! Agar farzandigizga etibor berolmas ekansiz nega dunyoga keltirdingiz ?

🕊️Bu kitobni barcha onalar va qizlar ham oʻqishini tavsiya qilaman!

“Marketing qirolichasi “Alima Oybekovna  🌸Qòrquvlar tajribasizlikdan ,tajriba xatolar ortidan keladi!🌸Kitob shunaqa tasi...
06/06/2024

“Marketing qirolichasi “

Alima Oybekovna

🌸Qòrquvlar tajribasizlikdan ,tajriba xatolar ortidan keladi!

🌸Kitob shunaqa tasirli yozilganke , bir muddat u kitob ichida yashaysiz xuddi muallif singari.

🌸Kitobda Alima Oybekovaning hayotida bòlgan muvaffaqiyat va xatolar haqida juda ham chiroyli yozilgan .

🌸Ayol kishi sifatida oʻzbek ayollari uchun juda ham foydali malumotlar berilgan . Bir ayolning sabr ,qatiyat,oʻziga boʻlgan ishonchi yotadi kitobda!

💗 Koʻpchilik bu kitobga qiziqish bildirib biz bilan boʻlishing deyishdi shu sababli kitobda parchala yozib qoldiraman (ziroki muallif oʻzlari ham yaqinlarez bilan boʻlishing deganla)💗

🌷Siz oʻylayotgan loyiha u darajada qiyin emas, sizga buyrilgan ishlarni qachonki ilk qadamini tashlasangiz, barchasi osonligini tushunib yetasiz.

🌷Ayol kishiga eriga muhtojligini sezdirib turishi kerak!

🌷Ishonch bor joyda katta pul va sotuv boʻladi!

Bu kitobni olib oʻqishni maslaxat beraman yangi bilimlar olasiz!
Kitob yozilishi ham ajoyib zekib qolmaysiz ,oʻqish boshlaysiz qanday tugatib quyganez bilmay qolarkansiz .

“Marketing 0 dan “ kitoblarini ham intiqlik bilan kutaman .

“Musulmon tadbirkor”Umar Souel 🔆Puldan boshqa hech vaqosi yuq kishi odamlarning eng kambagʻalidir!💡 Koʻp biznes va tadbi...
15/05/2024

“Musulmon tadbirkor”

Umar Souel

🔆Puldan boshqa hech vaqosi yuq kishi odamlarning eng kambagʻalidir!

💡 Koʻp biznes va tadbirkorlikga oid kitoblar oʻqidim . Bilasizmi orasida biz dinimiz ga toʻgʻri keladigan Musulmonlar uchun foydali boʻlgan malumotlar mavjud shu kitobdir.

Boshqa kitoblarda ham ma’lumotlarni oʻqib oʻrganish kerak chunki fikrimcha bir kitob bir katta foydali ma’lumot sanaladi.

🔆Kitobga keladigan boʻlsak unda koʻp musulmon tadbirkorlarning , maslaxatlari keltirilgan .
Kimki biznes va tadbirkorlik bilan shugʻulanmoqchi boʻlsa albatta shu kitobdi oʻqib chiqishingiz kerak!

Kitobdan: Moʻminlarning axvoli hayratlanarli . Yaxshilik boʻlsa quvonadi, Yomonlik boʻlsa Allohga shukur va sabr qiladi .Xar ikki holatda ham savob oladi.

“Seni jannatda kutaman “                                    Turk hikoyalari🔆 Kitob hayotiy voqiyalarga asoslangan .Kitob...
10/05/2024

“Seni jannatda kutaman “

Turk hikoyalari

🔆 Kitob hayotiy voqiyalarga asoslangan .
Kitobdagi har bir hikoya ibratli , har bir hikoyadan inson òzi uchun yetarlicha saboq oladi.

🔆 “ Allohga omonatsiz”,
“Bismillahning fazilati”
“”Telbami yoki Vali”
“Sizga òxshagan ona bòlaman “

kabi hikoyalar qalbimdan joy oldi .
Nafaqat bu balki boshqa hikoyalar ham chuqur mano va teran mazmunga ega.

🔆Òqish uchun foydali kitob bòladi barchaga tavsiya etaman òqishni .

🥹 Bazi hikoyalarida kòzgizga yosh ham olib òqesiz!

“Boy bola aqilli bola”         Robert T . Kiyosaki.                   Kitob bolalar pul haqida  bilimini oshirish uchin ...
30/04/2024

“Boy bola aqilli bola”

Robert T . Kiyosaki.

Kitob bolalar pul haqida bilimini oshirish uchin yozilgan ,nafaqat bolalar balki katta yoshli insonla ham katta bilim olsa bòladigan kitob .

🔆 Farzandi borlar ham , pul haqida malumotga ega bòlmagan insonlar ham òqib anchagina òzi uchun foydali bilim oladigan kitob desam adashmayman .

🔆 Farzandlaringizni yoshlikdan katta hayotga tayyorlashda yordam beradi bu kitob hammaga òqib kerakli bilimga ega bòlishlarezni tavsiya qilaman .

Bu kitob “Boy ota kambağal ota” kitobining tom manodagi davomi deyish mumkun .
Robert Kiyosakiyning bolalikda qanday bilim va natijlarga erishganliklari haqida tòliqroq ma’lumot berilgan .

" Jazosiz tarbiya"Adem Gunish🔥 Bu kitob asosan ota onalar uchun ekan yoki ota ona bòlish arafasidagi yoshlar uchun .🔥 Ki...
06/03/2024

" Jazosiz tarbiya"

Adem Gunish

🔥 Bu kitob asosan ota onalar uchun ekan yoki ota ona bòlish arafasidagi yoshlar uchun .

🔥 Kitobda har bir satir kerakli mazmunli ma'lumotlar yozilgan. ☝️ Lekin sizdan bir talab nixoyatda etiborli bòlib òqilishi kerak bòlgan asar ekan.

🛑 Endi kitob asl mazmuniga kelsak. Kitobda farzand tarbiyasi haqida va ularni bosqichma bosqich bolani yoshiga qarab izohlab ketilgan .

‼️Lekin farzand tarbiyasida ota onalar òzlari ustida kòproq ishlashi kerak ekan . Bola siz holatezga qarab sizni aksezni qaytarishi aytilgan . Shunga òxshash hayotiy misollar keltirilgan .

Ota onalar uchun tavsiya qilaman faqat diqqat bilan òqish kerak.

"Yulduzlar aybdor"Jon Gren🔥 Kitob juda ham qiziqarli chuqur ma'nodagi bir kitob. Òqigan sayin oxiri nima bòlishiga qiziq...
26/02/2024

"Yulduzlar aybdor"
Jon Gren

🔥 Kitob juda ham qiziqarli chuqur ma'nodagi bir kitob. Òqigan sayin oxiri nima bòlishiga qiziqtiradigan kitob qanday tugatib quyganim bilmay qoldim.

🔥 Kitob nima haqida gapiradi:
Ikki sevishgan bemor qalblarning qissasi.

🛑 Qahramonlari Ogastus va Hezel . Undan tashqari Qizning ota onasi , Azek dòsti bir muncha qahramonlar mavjud .

‼️Asarda Hezel "Shoxona hastalik" nomli kitobni mutola qiladi . Va u asar oxiri mavhum bòlib qolgan bòladi. Ular u asar yozuvchisi ezlaydi va topadi topganda esa asar yozivchisi kitob davomini aytmaydi lekin .....

🛑Asar boshi va oxiri juda ham òzgacha kutilmagan holatlarda va bu asar kinosini kòrishga qaror qilib va kòrib chiqdim , asar va kino deyarli bir xil ekan .

Tavsiya qilaman takrorlanmas asar ekan !

"MEN"Fotix Dumanning (Nafs haqidagi )asari.🔥 Asarsa Qozi Maxmud afandining nafsiga qarshi kurashi haqida keltirilgan 🔥As...
21/02/2024

"MEN"

Fotix Dumanning (Nafs haqidagi )asari.

🔥 Asarsa Qozi Maxmud afandining nafsiga qarshi kurashi haqida keltirilgan

🔥Asarda Qozi Maxmud afandi butun martaba va boyliklaridan kechib Alloh uchun yashaydi

🔥Umumiy olganda Nafs bu asarda hamma narsalarni òz tilda gapirib bergan .

🛑 Bu kitob har bir inson òqishi kerak bòlgan kitob deb hisobladim .
Har bir inson uchun ibratli bòlgan taraflari juda ham kòp.
Hammamizni ichimizdan keladigan bir oviz bor . YUQ QILMA BUNI yoki NIMA KERAGI BOR , SENGA BU OBRUYINGA TÒĜRI KELMAYDI deb aytib turadi . Bu nafsning gaplar ekan . Nafs har birimizning ichimiz yashaydi bir umr faqat unga yengilmasligimiz kerak . Bu yòlda ancha sizga bu kitob yordamga keladi.

‼️Bu kitob hammani ancha òyga toldiradi desam adashmayman .

Dunyoni quyib Alloh uchun yashashni òrgatadi!

"Izlash " Bu kitob Mehmet Yildizning "Mehmetning hikoyasi " asariKitob bizga kòp narslani òrgatadi .🌸Yosh bòlsada oilavi...
07/08/2023

"Izlash "

Bu kitob Mehmet Yildizning
"Mehmetning hikoyasi " asari

Kitob bizga kòp narslani òrgatadi .
🌸Yosh bòlsada oilaviy qiyinchiliklar.
🌸 Mehribon onasidan erta ajralish .
🌸Murĝak bolaning notuĝri yòlga beixtiyor qadam bosishi.
🌸Hayotni barcha azoblarini kòrishi.
🌸 Sòngra yosh bola bòlishiga qaramasdan , bu qiyinchiliklardan uz metin irodasi orqali Allohni tanib doim harakatda bòlib chiqib ketishi.

🔥" Kitob haqida"
Kitobda Mehmet ismli bir bola hayoti haqida yoritilgan . U yosh bòlsada kòp qiyinchiliklar kòrgan bòladi . Ota onasi orasida muamolar sabab Mehmet qiynalgan . Lekin òz otasi mast holatda Mehmetninig onasini pichoqlab quyadi . Onasi Mehmetga yiĝgan pullarimizni ol va qoch deb aytadi agar otang seni ham òldiradi deydi. Bechora bola onasi deydoriga tuymasdan pulni olib qochib ketadi. Bola kòchada yolĝiz qolib ketadi . Lekin uni hayotida òsha vaqtdan boshlab kòp sinovlarga tòla bòladi.

🛑 Sizlarga bu asarni òqib chiqishni albatta tavsiya qilaman 17 yoshli Mehmet hatto kattalar qilolmagan ishni qiladi .
🛑 Albatta har bir inson uchun ibratli bòldigan kitob ekan.

Alloh barchamizni gunovlarimizni kechirsin ♥️

"Boy ota, kambaĝal ota "🛑Robert Keyosakening bu kitob mativatsiya beruvchi kitob deb bilaman !Aynan shu kitob men uchun ...
04/11/2022

"Boy ota, kambaĝal ota "

🛑Robert Keyosakening bu kitob mativatsiya beruvchi kitob deb bilaman !

Aynan shu kitob men uchun meni kitoblarni óqishga qiziqishim óyĝotgan kitob hisoblanadi. Mana shu kitobni óqiganimdan sóng har bir kitobda bir olam, bir dunyo foydali ma' lumotlar bólishini angladim!

📌 Kitobda pul haqida avval esh*tmagan narsalarim haqida óqiganman.

🛑Kitobda bir shior bor. Bu shiorning tagida juda ham kotta mano yotadi!

👇👇👇👇👇👇
" SEN PUL UCHUN EMAS , PUL SEN UCHUN ISHLASIN!"
👆👆👆👆👆👆

🛑Kitob haqida!
Robert Keyosakening ikki otasi bóladi ! Biri boy tutungan otasi, biri esa órtaxol óz otasi bóladi.
Robert Keyosake usha ikki insondan bilimlar olib óz hayotida sinab kuradi va qay otasining yóli tóĝriligini anglaydi!

❓Active - Passive nima siz buni qilasizmi?

❓Kalamushlar poygasi haqida esh*tganmisiz?

❓Mablaĝingizni tóĝri yólga ishlatishni hohlaysizmi?

🔥🔥🔥
Yuqoridagi savollarga javobni bilishni xohlaysizmi unda albatta bu kitobni topib óqishingizni tavsiya etaman!

" Olim yetishtirgan onalar" ➖ Kitob haqida fikrim:Bu kitob barcha insonlar uchun ayollar, qizlar , onalar , ona bulish a...
20/10/2022

" Olim yetishtirgan onalar"

➖ Kitob haqida fikrim:
Bu kitob barcha insonlar uchun ayollar, qizlar , onalar , ona bulish arafasidagila baliki otalar ham óqishi mumkun .
Kitobda onalar shunday tariflanganke ularni siz óqib kózezga yosh qalqedi!

🛑 Asosan kitob buyuk insonlar, olimlar , payĝambarlarning onalari , ya'ni farzandlaring shu darajaga yetishiga qanday hissa qushganliklari haqida. Otalar ham óqishi kerakligining manosi esa : Bazi otalar haqida yani ayoli utib qizi bilan qolgan otalar haqida ham tarbiyaviy hikoyalar aks etgan .

📌Kitobdan parchalar

🔥Eng ishongan eshiklaringiz siz uchun yopilsa ham, onaning eshigi hech qachon yopilmaydi!!

🔥Onani yuqotgan jamiat, kelajagini yuqotadi!

🔥Ey eymon keltirganlar ! Allohdan qórqing va haqiqatni sózlang !
❓Izoh: 👆Bunaqa davat keltirishning sababi shunchalar muhimki bolalarimiz uchun bu kitobda óqib chiqing albatta buni bilib olasiz !

👇👇Bu kitobda bir tavsiya keltirilgan👇👇

Farzandi yuq ayollar uchun Oysha onamiz raziallohu anhu eng chiroyli órnakdir .

❓🛑❓
Imom Shofiy onasiga madrasada ustozim men bilan emas balki boy insonlarning farzandlari bilan kóproq shuĝilanyabdi desalar.
Onasi shunday bir sóz aytadiki na u sózda ĝazab bor, na u sózda fitna bor faqatgina iymon insof mavjud bu sózni bilib olish hohlasangiz albatta bu kitobni olib óqing‼️

❓ Izoh va fikrlaringizni like ❤️ va kamentariyalar orqali kutib qolaman!

Address

Tashkent

Website

Alerts

Be the first to know and let us send you an email when n.suyunova_01 posts news and promotions. Your email address will not be used for any other purpose, and you can unsubscribe at any time.

Share