28/02/2023
Men anglab yetkan bir HAYOTIY INSAYT!
Bilasizmi men o'zim fashion industriyasida ancha yillardan beri ish olib borar ekanman. Yoshligimdan kiyinishga va chiroylik obrazlar yaratishga harakat qilar ekanman, men uchun insonni kiyinish uslubi o'zini ichki dunyosini yuzaga chiqarishtak tuyilar edi. Ruschasiga aytkanda "проявление себя через одежду" 😍 Va ko'plab yangi uchratkan insonlarni aynan kiyinish uslubiga qarab nafaqat didini balki ichki dunyosini ham tahminan bilib olar edim. Va adashmayman 🤓
Endi yaqin oralardan beri harhil hayotlarni ko'rib bir narsaga amin bo'ldimki, nafaqat bizni kiyinishimiz hattoki yashash tarzimiz, qanday hayotni tanlashimiz va qanday qilib shu hayotimizni ommaga taqdim etishimiz ham bir "проявление себя" ozimizni ichki dunyoyimizni ko'rsatishday gap ekan!
Aytmohchi bo'lganim, ikkita ayolni olsak, ikkalasini ham sharoiti, oilasi va yoshi deyarli birhil. Lekin yashayotkan hayoti, tanlagan "filtr" ikki hil!
Bittasi juda bahtli, boriga shukr qilib, Ozbekchasiga aytkanday "eplanib" yashaydi 😊 Ikkinchisi esa boriga ham doyim norozi, doyim kimlardandur hafa, doyim eri bilan urishkan yoki doyim "жертва" rolida o'tiradi, va hayotim qachon o'rniga tushib ketarkin deb "kutish" etapida qolib ketkan.
Bu gaplarim bilan nima demohchiman aziz Sugarplumkalarim 🥰 Har kuni ertalab bugun qaysi kiyimimni kiysam ekan degan savolni o'zimizga beramizku, huddi shunday qilib bugun qanday kayfiyatni tanlasam ekan, qanday hayotni va qanday rolni tanlasam ekan deb ham ongli ravishda tanlab ko'raylik!
Ahir quyosh hammaga birdek charaxlaydi ☀️☀️☀️
Alloh hammaga kuniga 24 soat beradi!
Borinizga shukr qilib, borimizdan maksimal darajada unumli foydalanib, finanslarimizni to'g'ri tahsimlab, energiyamizni kerakli joylarga berib, kayfiyatimizni ham o'z qo'limizga olishimiz hayotimizni sifatini aaaaancha yuqoriga olib chiqarkan!🔝😍
Buni sizlarga 6 yil bir o'zim qizimni katta qilib, o'zimni ustimda yaxshilab ishlab, karyeramni qilib, ko'p narsalarni o'rganib, analiz qilib va Alhamdulillah kop duolarim ijobat bo'lganidan kegin aytayabman! 🤗
Siz nima deb o'ylaysiz? Fikringiz komentariyda kutib qolaman.
Sizlarga eng yaxshisini ilinib,
Habiba 🤍